O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 11-oktabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi eʼlon qilindi. 2022-yilning 20-oktabr sanasidan boshlab butun respublika bo'ylab “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi.
"UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filialida ham ushbu dastur ijrosini bajarish yuzasidan keng ko'lamli amaliy ishlar ko'tarinki ruhda uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Mazkur aksiya doirasida kompaniya xodimlari zavod atrofi va mahallalarda daraxtlarni ekish, parvarishlash va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirib, atrof-muhit va atmosfera havosining musaffoligini saqlashda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
Jumladan, bugungi kunga qadar, filial hududi va filialga yondosh hududlarda jami 1 500 tupdan ortiq mevali hamda manzarali daraxt ko'chatlari va butalar o'tqazildi.