• Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-
  • Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-

Chevrolet Onix Qozog‘iston bozorini zabt etmoqda

Chevrolet Onix Qozog‘iston bozorini zabt etmoqda

Qozog‘iston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi (QABA) hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda Qozog‘iston avtomobil bozorida sotuv bo‘yicha eng yetakchilar ro‘yxatida Chevrolet brendi uch avtomobil modeli qatori bilan o‘z pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda.

2023-yil yakuni bo‘yicha TOP-5 reytingga Qozog‘iston bozorida so‘nggi yillarda yetakchilikda o‘zgarmas bo‘lgan Chevrolet Cobaltga Chevrolet Onix ham qo‘shildi. 

Onix har oy Qozog‘iston avtoixlosmandlarining e’tiborini tobora ko‘proq jalb qilmoqda, bu o‘z navbatida ushbu modelning yanada ommalashib borayotganidan dalolat beradi.

Bu natija nafaqat Chevrolet avtomobillarining sifatli va xavfsizligini, balki mijozlarning ushbu brendga ishonchini ham tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Onix Qozog‘iston avtomobil bozorida B sinfidagi sedanlar segmentida eng kutilgan modeldir. 2023-yil may oyida Qozog‘istonning Kostanaydagi Allur zavodi konveyerlaridan ushbu avtomobilning birinchi modellari chiqarildi.

  • 23.01.2024 | 09:23
  • Yangiliklar
  • 71
Ulashing

O'xshash yangiliklar