Odatiy versiya
Oq-qora versiya
Kontrast versiya
Ovoz berishni yoqish
Endi Siz Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva, Malibu va Traverse modellarini Ipak Yoʻli bankining eksklyuziv aksiyalari doirasida xarid qilishingiz mumkin.
Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva, Malibu va Traverse avtomobillariga uzoq muddatli xarid uchun qulay shartlar:
Boshlang‘ich to‘lov** – 15% dan boshlab;
Foiz stavkasi** – 16.99% dan boshlab;
Muddati** – 48 oygacha;
Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva va Traverse avtomobillariga qisqa muddatli xarid uchun maxsus taklif:
Boshlang‘ich to‘lov** - 50% dan;
Foiz stavkasi** - 7.99% dan;
Muddat** - 24 oygacha.
Chevrolet avtomobillarini qulay shartlarda xarid qilish imkoniyatini boy bermang!
Batafsil ma’lumot uchun Ipak Yo‘li banki saytiga tashrif buyuring.
*Chegirmasiz narxlarda amalga oshiriladi.
**Kredit foiz stavkasi, mijoz boshlang‘ich to‘lovi va muddati o‘zgarishi mumkin.
Endi Siz Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva, Malibu va Traverse modellarini Ipak Yoʻli bankining eksklyuziv aksiyalari doirasida xarid qilishingiz mumkin.
Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva, Malibu va Traverse avtomobillariga uzoq muddatli xarid uchun qulay shartlar:
Boshlang‘ich to‘lov** – 15% dan boshlab;
Foiz stavkasi** – 16.99% dan boshlab;
Muddati** – 48 oygacha;
Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva va Traverse avtomobillariga qisqa muddatli xarid uchun maxsus taklif:
Boshlang‘ich to‘lov** - 50% dan;
Foiz stavkasi** - 7.99% dan;
Muddat** - 24 oygacha.
Chevrolet avtomobillarini qulay shartlarda xarid qilish imkoniyatini boy bermang!
Batafsil ma’lumot uchun Ipak Yo‘li banki saytiga tashrif buyuring.
*Chegirmasiz narxlarda amalga oshiriladi.
**Kredit foiz stavkasi, mijoz boshlang‘ich to‘lovi va muddati o‘zgarishi mumkin.
Chevrolet Onix va Tracker – Lizing bilan oson va qulay xarid!
“UzAuto Motors” AJ avtomobil xarid qilish imkoniyatini kengaytirish, uni yanada qulay va ommabop qilish maqsadida mamlakatdagi yirik mahalliy lizing kompaniyalari, jumladan, “Uzbek Leasing International A.O.” AJ, “Asaka-Trans-Leasing” MChJ, “Infin Leasing” MChJ, “Master Leasing” MChJ, “Ijara Leasing” MChJ, “Avtosanoat Invest” MChJ, “Taiba Finance” MChJ XK, “CLG Auto Leasing” MChJ va boshqalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qiladi.
Endilikda mijozlar Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini lizing asosida xarid qilish imkoniyatiga ega.
Chevrolet avtomobillarini yanada oson xarid qilish imkoniyatidan foydalanib, orzuingizdagi avtomobilga ega bo‘ling!
Batafsil ma’lumot uchun lizing kompaniyalari telefon raqamlariga murojaat qiling!
1. АО «Uzbek Leasing International A.O.»
78-140-77-48
78-120-02-02
2. ООО «Master Leasing»
78-140-50-00
90-978-11-34
3. OOO «Asaka-Trans-Leasing»
71-205-00-15
99-808-39-59
90-054-75-06
4. ООО «Infin Leasing»
90-978-11-35
97-704-80-00
5. ООО «Ijara Leasing»
78-888-02-20
99-160-90-00
6. ООО «Avtosanoat Invest»
71-207-34-56
7. ИП ООО «Taiba Finance»
78-140-44-49
98-140-44-48
8. ООО «O‘zavtosanoat-Leasing»
78-113-31-51
97-701-83-17
9. ООО «Autosanoat Agro Lizing»
71-207-10-75
10. ООО «CLG Auto Leasing»
90-919-24-25
90-138-45-44
Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” AJ tomonidan yuvinish xonalari uchun rakovinalar xarid qilingani haqida notoʻgʻri talqin qilingan xabarlar tarqaldi.
Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ma’lumot 15 ta asosiy mahsulotlar nomi va ularni mahkamlagich elementlari, shu jumladan qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olmagan anodlash elementlari spetsifikatsiyasi va to‘liq ro‘yxati bilan e’lon qilingan hujjat kontekstidan yulib olingan.
Har bir komplekt tarkibiga yuvinish xonasi uchun mebel rakovinasi bilan, keramik unitaz, dush uchun smesitel, gigiyenik smesitel, rakovina uchun smesitel, sochiq tutgich (ikkitalik va bittalik), axlat chelagi, tokcha (shishali), bir necha qavat tokchali mebel (etajerka), qog‘oz tutgich (po‘lat), ilgak va boshqa zaruriy gigiyenik aksessuarlar kiradi.
Davlat xaridlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat xaridlarining elektron tizimi orqali elektron do‘kon tanlov natijalariga ko‘ra, 2025-yil 12-mart kuni “UzAuto Motors” AJ va “Econom online trade” MCHJ o‘rtasida tarqalgan xabarda ko‘rsatilganidek Italiya brendiga tegishli emas, balki Xitoyda ishlab chiqarilgan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “UzAuto Motors” AJ barcha xarid jarayonlarini amaldagi qonunchilikka asoslangan holda amalga oshiradi hamda barcha tuzilayotgan kelishuvlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi.
Hurmatli ijtimoiy tarmoqlar va messenjer guruhlarining administratorlari!
Asossiz va noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlarning tarqalishining oldini olish maqsadida, kompaniyamiz faoliyatiga oid xabarlarni e’lon qilishdan oldin rasmiy axborot manbalarimiz yoki 78 140-55-40 (#1751) telefon raqami orqali biz bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sohadagi ayol xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
“O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi boshchiligida tizimda faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar uchun samimiy bayram tabriklari yo‘llanib, esdalik sovg‘alari topshirildi hamda maxsus bayram dasturi tashkil etildi.
Bayram tadbirida “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi ishtirok etib, tizim korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning jamiyat va korxona hayotidagi o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi. U ayollarning nafaqat ishlab chiqarish liniyalarida, balki rahbarlik lavozimlarida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini alohida qayd etdi. Ularning fidokorona mehnati va sa’y-harakatlari tahsinga loyiqligi ta’kidlanib, barcha ayol xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan mukofotlangan Firuzaxon Temirova yuksak e’tirof sifatida munosib taqdirlandi. Ushbu mukofot davlatimiz rahbari tomonidan barcha tizim korxona xotin-qizlariga bo‘lgan e’tibor ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “UzAuto Motors” AJ Asaka zavodida ham bayram munosabati bilan tadbir uyushtirilib, barcha ayol xodimlar bayram bilan tabriklandi. Ularga esdalik sovgʻalari ulashildi.
Bugun, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida mamlakatimizning faol, tashabbuskor va jamoat hayotida fidokorona xizmat qilayotgan ayollarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida bir guruh fidoiy, mehnatsevar va o‘z kasbining haqiqiy professionallari bo‘lgan ayollar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Faxr bilan ta’kidlash joizki, ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlanganlar qatorida “UzAuto Motors” AJ Global ta’minot boshqarmasi xodimasi Temirova Firuzaxon ham bor.
Ushbu yutuq nafaqat uning mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyati, balki avtomobilsozlik sanoatidagi samarali faoliyati uchun yuksak e’tirofdir.
Firuzaxon Temirova uzoq yillardan buyon avtomobilsozlik sanoatida faoliyat yuritib, kasbiga sadoqati, chuqur bilim va boy tajribasi bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yetuk mutaxassisdir. U o‘zining mas’uliyatli yondashuvi, izlanuvchanligi va fidoyiligi bilan nafaqat jamoasi, balki butun soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, yoshlarga ustozlik qilib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, tajribasini ulashishda, jamoada ijobiy muhit yaratishda alohida namuna ko‘rsatmoqda.
Fursatdan foydalanib, Firuzaxon Temirovani ushbu yuksak mukofot bilan O‘zavtosanoat jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!
Sizga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, bardavom yutuqlar va muvaffaqiyatlar Kelgusidagi faoliyatingizda yanada yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolamiz.
Mehnatingiz doimo e’zoz va e’tirof topaversin!