• Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-
  • Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-

Rasmiy bayonot

Rasmiy bayonot

Kecha Shuhrat Shokirjonov va Doston Aхrorov Kun.uz nashrida UzAuto Motors go’yoki fuqarolarning xususiy mulk huquqlarini cheklab qo'ygan degan ayblov bilan chiqish qilishdi. Bunday noaniq xulosani ular kompaniyaning 27-iyuldagi avtomobil sotib olishda navbatni tezlashtirish uchun ortiqcha to’lovlarga sabab bo'lgan “shapka»ga qarshi kurashish to'g'risidagi bayonotidan chiqarishgan.

Jahon bozoridagi mikrochiplarning vaqtincha yetishmovchiligi hamda “UzAuto Motors”da ishlab chiqarilishdagi kechikishlardan foydalanib, ba’zi bir fuqarolar ayrim avtosalon xodimlari bilan til biriktirgan holda, bir vaqtning o’zida o’nlab, hatto, yuzlab shartnomalar tuzishayotganligi ma’lum bo’ldi. 

Tabiiyki, ushbu tuzilgan shartnomalar avtomobil sotib olish jarayonini tezlashtirmoqchi bo’lgan fuqarolarga pora evaziga “o’tib berishadi”. Aynan mana shunday sharmandali vaziyatga qarshi kurashishda “UzAuto Motors” o’z ma’lumotlar bazasini yo’l harakati xavfsizlik xizmatining bazasi bilan sinxronlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. 

Kompaniya kimningdir tasavvurida fuqarolarning huquqlarini vijdonsiz ishbilarmon hamda firibgarlardan himoyalashga qaratilgan ushbu taklifini xususiy mulkka tajovuz deb atashlari mumkinligini kutmagan edi. 

Vaziyatga oydinlik kiritish uchun, “UzAuto Motors” shuni ma’lum qiladiki: kompaniya fuqarolarning 20, 50 yoki 200 ta avtomobilga egalik qilish huquqiga e’tiroz bildirmaydi. Biroq kompaniya vijdonli xaridorlarga “UzAuto Motors” mahsulotini o’z vaqtida kelishini qiyinlashtirayotgan, ba’zilar tomonidan 200 ta shartnoma tuzib, keyinchalik undagi “navbatni” sotishga qarshi bo’lgan va bundan keyin ham qarshi bo’ladi.

  • 31.07.2021 | 19:30
  • Yangiliklar
  • 79
Ulashing

O'xshash yangiliklar