Avval xabar qilinganidek, UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalar qatori uchun shartnomalar tuzish boshlanganligini ma'lum qiladi. Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo'lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o’zgarishsiz qoladi.
Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari o’zining dizayni, qulayliklari va ilg'or texnologiyalari bilan tan olingan ommabop avtomobil modellari hisoblanadi. Yangilangan komplektatsiyalar avtomobil egalarining shaxsiy istak va talablariga ko’ra avtomobilni sozlashda yanada ko’proq imkoniyatlarni taklif etadi.
Bugundan boshlab, quyidagi modellarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin:
Chevrolet Tracker
Avvalgi komplektatsiyalar:
Qo'shimcha optsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:
Chevrolet Onix
Avvalgi komplektatsiyalar:
Qo'shimcha optsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining barchaga tanish komplektatsiyalarida boʻlgan jamiyki asosiy opsiyalariga qo'shimcha ravishda, Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa o’rindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qo’shimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining taniqli Redline komplektatsiyasi ham xuddi avvalgilaridek, o’ziga xos dizayni va qizil chiziqlari bilan ajralib turadi.
Chevrolet vakolatli dilerlik markazlarida, shuningdek UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android) avtomobillar uchun shartnoma tuzish mumkin.
Avtomobil haqida batafsil ma’lumotni +99878 141 7777 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib bilishingiz hamda UzAuto Motors’ning rasmiy saytlari www.uzautomotors.com va www.chevrolet.uz dan olishingiz mumkin.
UzAvtoSavdo_bot rasmiy Telegram boti orqali shartnoma boʻyicha avtomobil holatini tekshirishingiz mumkin.