• Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-
  • Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-

UzAuto Motors zavodida Birinchi Prezident Islom Karimov nomi yodga olindi

UzAuto Motors zavodida Birinchi Prezident Islom Karimov nomi yodga olindi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Asaka shahridagi avtomobil zavodiga Islom Karimov nomi berildi. 

30-yanvar “UzAuto Motors” AJ Asakadagi zavodi hududida barpo etilgan yodgorlik majmuasida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident Islom Karimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Unda kompaniya bosh direktori Bo Andersson buyuk davlat va siyosat arbobining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning haykali poyiga gul qo‘ydi.

Gul qo‘yish marosimida Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi,  zavod ishchi hodimlari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Tadbir davomida birinchi prezidentning mustaqillikka erishish, mamlakatimiz taraqqiyoti va farovonligini ta'minlashdagi tarixiy xizmatlari, serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan O’zbekiston  tarixida o'chmas iz qoldirgani, nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon miqyosida katta hurmat va ehtiromga sazovor bo'lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgani e'tirof etildi. 

 

  • 01.02.2023 | 00:19
  • Yangiliklar
  • 70
Ulashing

O'xshash yangiliklar