• Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-
  • Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-

“UzAuto Motors” AJda bayram shukuhi

“UzAuto Motors” AJda bayram shukuhi

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sohadagi ayol xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

“O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi boshchiligida tizimda faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar uchun samimiy bayram tabriklari yo‘llanib, esdalik sovg‘alari topshirildi hamda maxsus bayram dasturi tashkil etildi.

Bayram tadbirida “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi ishtirok etib, tizim korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning jamiyat va korxona hayotidagi o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi. U ayollarning nafaqat ishlab chiqarish liniyalarida, balki rahbarlik lavozimlarida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini alohida qayd etdi. Ularning fidokorona mehnati va sa’y-harakatlari tahsinga loyiqligi ta’kidlanib, barcha ayol xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan mukofotlangan Firuzaxon Temirova yuksak e’tirof sifatida munosib taqdirlandi. Ushbu mukofot davlatimiz rahbari tomonidan barcha tizim korxona xotin-qizlariga bo‘lgan e’tibor ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “UzAuto Motors” AJ Asaka zavodida ham bayram munosabati bilan tadbir uyushtirilib, barcha ayol xodimlar bayram bilan tabriklandi. Ularga esdalik sovgʻalari ulashildi.

  • 08.03.2025 | 10:53
  • Новости
  • 38
Ulashing

O'xshash yangiliklar