• Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-
  • Ko'rish rejimi

    Odatiy versiya

    Oq-qora versiya

    Kontrast versiya

    Ovoz berishni yoqish

    Shrift o'lchami
    A+ A-

“UzAuto Motors” Ajda Kaizen guruhlarining 9-umumzavod konferensiyasi o‘tkazildi

“UzAuto Motors” Ajda Kaizen guruhlarining 9-umumzavod konferensiyasi o‘tkazildi

18-sentabr kuni “UzAuto Motors” AJ zavodida kayzen guruhlarining umumzavod konferensiyasi boʻlib oʻtdi. 
Unda faol ishtirok etganligi va yuqori natijalarga erishganligi uchun kaizen guruhlari taqdirlandi. Konferensiyada zavod xodimlari, rahbariyat vakillari hamda ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishda hissa qoʻshgan muhandislar qatnashdi. Tadbir davomida kaizen tizimining ahamiyati, uning samaradorligi va kelgusidagi rivojlanish yoʻnalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, konferensiya davomida eng yaxshi kaizen loyihalari taqdim etilib, ularning amaliy natijalari bilan tanishtirildi.

Taqdimotlar davomida kaizen guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan tadqiqotlar, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar alohida e’tirof etildi. Ushbu samarali takliflar sababli zavodning operatsion xarajatlari kamayib, ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirilishga muvaffaq bo‘lindi. Konferensiya yakunida muvaffaqiyatli natijalarga erishgan jamoalar rag‘batlantirilib, maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Tadbir barcha ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish, yangi innovatsion g‘oyalar bilan tanishish va kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi. Zavod rahbariyati kaizen jarayonlarining kelgusidagi rivojlanishi va yanada kengroq ko‘lamda qo‘llanilishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.

  • 19.09.2024 | 15:05
  • Новости
  • 62
Ulashing

O'xshash yangiliklar